Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 15:51 | Сообщение # 101
Группа: Удаленные
Rostin aytsam arzimaysan, Na she’rim, na sevgimga. Men balandman! Qo’ling yetmas! Ketavergin tenging-la... Nima deding! Aslo, hech ham Ko’zimdagi yosh emas. Yosh bo’lsa ham sening uchun, To’kmayapman... Bo’ldi... Bas... Ketgin endi. Sevmayman-ku, Meni qoldirgin yolg’iz! Tugayapti sabrim... Tag’in – Oyog’ingga cho’kmay tiz...
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 15:52 | Сообщение # 102
Группа: Удаленные
Bekor. Yolg’on. Botmagan, Muhabbatning quyoshi. Tun keldi deb dodlagan, Bevafolar ko’z yoshi. Men boraman. Bu jonim, Senikidir... O’ksima. Tunda qo’rqma. Oq tongning Bir parchasi ko’ksimda...
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 15:54 | Сообщение # 103
Группа: Удаленные
Tong chog’i tun bilan kunduz uchrashdi, Tunda armon bilan yulduz uchrashdi, Bahor bilan kuzak – baxtxush uchrashdi, Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. Bulut zamin bilan yig’lab uchrashdi, Shamol kurtaklarni ilg’ab uchrashdi. Visol hijron bilan minglab uchrashdi, Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. O’lik zil tuproqni otdi ko’tarib, G’ofil tiriklarni topdi axtarib, Yo’qlik va borliqni oralab, g’arib – Boshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. Sarxush ari bilan uchrashdi gullar, Erka shodlik bilan uchrashdi munglar, Nigohlar, bag’irlar, lablaru qo’llar, Qoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. Yoningda turibman dalli devona, Yorim-a, ketdimi ishq yona- yona? Men seni quchaman... Sovuq, begona – Loshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 15:56 | Сообщение # 104
Группа: Удаленные
„Oh“ urarmiz, har „oh“imiz – sariq yaproq, Ishq bog‘ berdi ikkimizga, tumanli bog‘, Har bir bargi xazonlikda, har bargi dog‘ – Najotsiz ishq dami odam yutarlidir. Qarashingda umid bordir, vido bordir, Baxtli, badbaxt jo bo’lguvchi dunyo bordir, Qo’rqma, senga meningdek bir fido bordir, Garchi sevgi ikkimizga zaharlidir. Yoshlaringni yulduz qilma osmonlarga, Osmon emas, inson chidar armonlarga, Kelgin, so’ng bor ishonaylik yolg’onlarga – Ki, sevgining yo’li mudom saharlidir.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 15:59 | Сообщение # 106
Группа: Удаленные
Xayrlashmoq kerak Xayrlashmoq kerak sen bilan, Ko’ngillarni uzmoqlik kerak. Kechmoq kerak g’arib umiddan, Dunyomizni buzmoqlik kerak. Boshqalarga bermoqlik kerak, Kuzgi oqshom charchoqlarini. Endi ma’yus termoqlik kerak, Sevgimizning aldoqlarini. Bizga do’zax va’dalar etib, Tepamizdan jim boqar xudo. Seni saqlay, sevgidan ketib, Ishqda qolib, sen bo’lma ado. Muncha shirin bu kuz oqshomi Labingdagi charchoq kalomlar: - Men do’zaxdan qo’rqmayman, jonim, Do’zaxdaman allaqachonlar...
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 16:01 | Сообщение # 107
Группа: Удаленные
Men senga keltirdim Men senga osmonni keltirdim, sevgim, Anov ikki to’zg’in buluti bilan, Nimta oyi bilan, hududi bilan – Men senga osmonni keltirdim, sevgim. Men senga bahorni keltirdim, sevgim, Yomg’irlari bilan, sellari bilan, Gullarni uyg’otgan yellari bilan – Men senga bahorni keltirdim, sevgim. Men senga saodat keltirdim, sevgim, Ko’ngling ravshan bo’lsin – Chirog’i bilan, Bedorligi bilan, charchog’i bilan – Men senga saodat keltirdim, sevgim. Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim, „Mana, olgin, dedim, hamma narsa taxt – Mana bu mehrdir, mana bu-chi – baxt...“ Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim. Sevgilim, podshohlar senday saxiymas – Menga bahori yo’q kuz keltirding sen. Yana osmoni yo’q ro’z keltirding sen, sevgilim, podshohlar senday saxiymas. Qatra iqboli yo’q kuz keltirding sen. Endi ikkimizda hamma narsa bor! Qani ketdik, jonim, Bel bukilguncha, Tomir uzilguncha, Jon to’kilguncha... Yashashga iqrormiz, o’limga iqror.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 16:05 | Сообщение # 109
Группа: Удаленные
Ishq ko'zlarni yoshlab o'tadir So’zlaringda – hasrat, ko’zlaringda – nam, Suyganim, g’ussangga to’ldi-ku olam... Ko’ngil salqinida sevgi – bir shabnam, Quyosh kulganicha yashab o’tadir. Tumanlar ichinda bog’lar hayrondir, Ayriliq bulbuli jonda sayrondir, Ikkimiz tuzgan bu yurak vayrondir – Ishq seli xarobat tashlab o’tadir. Ishq dedik – yo’lida ado bo’ldik biz, Ishq qayda? Bilmadik – xato bo’ldik biz, Ishqimizu ishq so’rab gado bo’ldik biz – Ishq jondan do’zaxni boshlab o’tadir, Ko’ksimdan qalb chiqdi – ochilib qoldi, Shamollar tikanday sanchilib qoldi, Zamon to’fonida yanchilib qoldi – Oshkormas, pinhon dard yashnab o’tadir. Suyganim yashamoq sabru qanoat, Daqiqa – sinovdir, lahza – sinoat, Ishq deb ado bo’lmoq balki saodat – Garchi u ko’zlarni yoshlab o‘tadir.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 16:07 | Сообщение # 110
Группа: Удаленные
Endi tikanlimi bu erka yo'llar, Yo yo'l tugadimi - endi qaytishmi? Gullagan sevgidan qoldimi cho'llar, Endi begonaday "xayr" aytishmi? Oh, qachon aldashga o'rganasan sen, Yuzingda kulgiyu, labingda titroq. Men uchun o'rtanmay, o'rtanasan sen... Qo'rqma! Tillarimda qolmadi so'roq. Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim, Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?.. Azizim, azizim, azizim manim, Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.04.19, 16:11 | Сообщение # 112
Группа: Удаленные
Iltijo etaman Iltijo etaman - Qush qilib yarat, Tangrim, uchmoqlikka qanot ber, qanot. Ko'nglimga, ko'zimga beparvo qarab, Meni yer qa'riga tortmoqda hayot. Shaffof shiddatini dunyoga yoyib, Shamolli yo'llarim uzlatga ketdi. Botib borayapman yerga... Xudoyim! Hayotning quyqasi bo'ynimga yetdi. Yerga botayapman... Bu tavqe la'nat - Keng dunyo degani shuncha tormikan? Tangrim! Yolvoraman - Qush qilib yarat... Yerga qo'nmaydigan qushlar bormikan?
Дата: DUSHANBA, 2013.07.01, 14:52 | Сообщение # 113
Группа: Удаленные
taqdir ekan topkanlarim sarob buld.i uzga qizni qularida harob buldi. senga bulgan sevgim endi butkul sundi. ketding endi qaytma aslo kechirmasman. endi seni unutkanman o'ylamasman.
Дата: CHORSHANBA, 2013.08.14, 15:47 | Сообщение # 115
Группа: Удаленные
Suymasangiz men suykalib netaman Siz deb men ham sevgimni tark etaman Ishq qasridan boshim olib ketaman Hohlasangiz seving men zor emasman Kuydirmoqchi bo’lmang kuyib qolasiz O’zingiz ham bilmay sevib qolasiz Ko’ndirmoqchi bo’lmang ko’nib qolasiz Hohlasangiz seving men zor emasman Ko’ndirolmay yugurasiz tolasiz CHunki siz o’ylagan dildor emasman Hali veri kop ovvora bo’lasiz Hohlasangiz seving men zor emasman Bilib qo’ying ishqsiz yurak yurakmas G’ururi yo’q erkak menga kerakmas Sizni deya jon-u dilim halakmas Oshiqlardek tunlar bedor emasman Hohlasangiz seving men zor emasman Sizni deya bag’r-u dilim tilinib Qolganim yo’q muhtojlikka chalinib Bormagayman also ortingizdan yalinib Beg’urur yor sizga humor emasman Hohlasangiz seving men zor emasman
Дата: CHORSHANBA, 2013.08.14, 15:48 | Сообщение # 116
Группа: Удаленные
Sog’insam yurak yutib men yonizga bormay sevdim Sevgimni pinhon tutib, sizga dilim yormay sevdim Nahot shunday hato qilsam, qo’llarizdan tutmay sevdim Kelar ediz men yo’qlasam, ammo sizi kutmay sevdim Har zamonda bir bor ko’rib men mehrizga to’ymay sevdim Shirin shirin hayol surib, ismiz dildan qo’ymay sevdim
Дата: CHORSHANBA, 2013.08.14, 15:55 | Сообщение # 118
Группа: Удаленные
Hayolimni olar qoshingiz Tushlarimga kirar ko’zingiz Havotirsiz balki o’zingiz Diydorlashgim kelar siz bilan Shamollar ham mungli yeladi Sizni bir bor ko’rgim keladi Ko’rolmasam alam qiladi Diydorlashgim kelar siz bilan Oylar o’tar yillar o’tsa ham Orzularim armon bo’lsa ham Diydorlashgim kelar siz bilan
Дата: CHORSHANBA, 2013.08.14, 15:55 | Сообщение # 119
Группа: Удаленные
Soyangizda gul ko’nglim to’ldi Yuragimga armonlar to’ldi mehringizdan o’zga gul kuldi Aybim sizni sevganim bo’ldi Adashgandim balkim qachonlar Armon dilga soldi hazonlar Foyda bermas bu pushaymonlar Aybim sizni sevganim bo’ldi O’z o’zimga gullar tutaman Sabrim qaqshab dardim yutaman Be mato kayf bahtin kutaman Aybim sizni sevganim bo’ldi Jannatmidi jahannammi ishq Sevar ko’zda yoki nomi ishq Toleyimda balki kami ishq Aybim sizni sevganim bo’ldi
Дата: CHORSHANBA, 2013.08.14, 16:00 | Сообщение # 124
Группа: Удаленные
Tunlari to’lg’onsang ayb mendamas Sog’inch deb o’rtansang ayb mendamas Visol deb qiynalsang ayb mendamas Sog’inchlarim sog’inchlaringdan hech ham kam emas
Дата: CHORSHANBA, 2013.08.14, 16:00 | Сообщение # 125
Группа: Удаленные
Muhabbat azoblari boshlandi netay Alamdan yuragaim g’ashlandi netay Ko’zimni qarog’lari yoshlandi netay Dilimdasiz doimo ilk muhabbatim Yuragim sizni so’rab uradi hamon Siz bilan bo’lishga qolmadi imkon Bag’rimni tiladi shubha va gumon Siz meni unutmang ilk muhabbatim