Дата: CHORSHANBA, 2013.03.27, 01:42 | Сообщение # 129
Группа: Удаленные
Bilasanmi Sevgilim Yurak Dardimni, Har Bir Tong Otganda Yolg'izligimni. Ko'zlarim Yoshlanar Soginch Azobila, Qiynaydi Qalbimni Sensiz Yolg'izim.
Esimda Sen Bilan Tanishgan Kunim, O'shanda Ham Yolg'iz Edim Xuddi Xozirdek. Vujudim G'urbatda G'arib Kimsadek, Sig'masdim Shunday Bir Katta Dunyoga.
Ko'zlarim Qorong'u Tunni Ko'rardi, Yuragim Qafasda Qolgan Qush Kabi. Pitirlab Qochmoqqa Yo'l Topolmagan, Behalovat Qush Edim Sovuqda Qolgan.
Kutardim Kun Kelib Ozod Bo'lishim, Ko'zlarim Ochardim Yorug' Dunyoga. Yuksaklarga Uchgan Qushdek Parvozga, Shay Turibman O'sha Kunlar Ko'rmoqqa.
Qachon Kelar Ekan O'sha Kunlar Ham, Kutaman Kimdir Meni Boshim Silarmi. Sensiz Yolg'iz Azoblarda Qolgan Tunlarim, Unutmayman Go'zalim Mendan Ketganing...
Ish boshlanar ertalab, Qayga qochay - qay taraf. Ishlamasak bo'lmaydi, Manga bekorga - pul bermaydi. Shunday ekan man kettim, Qolganini ovqat qilib yeb qo'ydim... Xazil she'r !!!
Moskvada yuribman mazza qilib, Ishlarda xormay - tolmay. Internetlada qizladan qolmay, Hammasi bilan gaplashishga ulgurib. Mana shu yergacha yetib keldim_ _Xa_xa_xa_ _Xazillashdim...
Baxt Bu Sening Ko'zlaring... Sen Men Uchun Jannatsan... Baxt Yo'liga Qo'ling Tut... Baxt Bizni Unutmaydi... Darddan Esa Yuz O'gir... Dard Bag'rimiz Tiladi...
Birgalikda...Bir Umrga...So'nggi Nafasgacha, Biz Sen Bilan Axdlashgandik Sevgi Yo'lida. Biz Hayotmiz Sevgi Yashar Faqat Biz Bilan, Sen Yonimda Bo'lsang Menga Kerakmas O'zga.
Oylar Yillar Asrga O'tsin Baxtimizga Baxtlar Qo'shilsin, Sevgi Kuchli Daraxtdek O'ssin Osmonlarga Bo'yini Cho'zib. Biz Qo'ynida Oppoq Bulutlar Uchsak Qani Farishtalardek, Sensiz Yashash Menga Shundayin Duzax Qiynog'idan Azobliroqdir.
Sevgi Mangu Yurakda Qolar Chin Sevgini Qani Kim Bilar, Men Shundayin Seni Sevaman Hatto Tarif Topolmay Senga. Sen Go'zalsan Ochilgan G'uncha Hali Tug'ilmagan Ona O'pmagan, Farishtalar Bag'riga Bosib Alla Aytgan Mitti Yulduzsan.
O'xshagaysan Qizil Lolaga Tog'ning Sovuq Qirovlarida, Bardosh Berib Sabrlar Qilib Bo'y Cho'zgansan Lolaqizg'aldoq. Sen Yagona Yuragimda Bir Dona Go'zal Bo'lgin Kapalak Kabi, Faqat Sendan Bitta Iltimos O'xshamasin Hayoting Kapalak Umri...
Дата: SESHANBA, 2013.04.02, 16:15 | Сообщение # 137
Группа: Удаленные
Ikki Qalb-Ikki Yurak-Ikki Sevishgan , Barchasi Bir Butun Inson Bo'lolmas . Ammo Juft Yuraklar Bor Pok Sevgi Ila , Muhabbat Deb Atalmish Oshiyon Qurishgan ...
Дата: SESHANBA, 2013.04.02, 18:54 | Сообщение # 138
Группа: Удаленные
Bo'ldi endi sani bezovta qilmayman -Bu yigitlik so'zim, Endi san ozod qushsan -Xohlagan joyingga uch. Sani orzu qilganlar oldiga uch, Qorlar yog'ib kirib kelolmagan -Bahorlarni quch. Keng dunyoga qanot qoqib, Qaldirg'ochday osmon quchib. Shivirlagan shamol bo'lib, Mendan Bezgan joning olib. Uch qushginam sen ozodsan...
Meni Unutishni Xohlasang Mayli, Rashkimga Chidolmay Qarama Mayli. Istasang Gaplashgin Hayot Seniki, Men Uzoqda Bir Qulman O'z Taqdirimga.
Armonman Yolg'onlar Menga Rost Aytgan, Afsusman Xaqiqat Tilimni Kesgan. Ishonchman Soddalik Boshimdan O'tgan, Shaytonman Farishtam Meni Tark Etgan.
Qarama Ko'zlarim Qon Yig'lamaydi, Yo'llarim Izingga Qadam Qo'ymaydi. Ortiq Seni Kutib Dilim Tilmaydi, Xazon Bo'ldi Gullarim Bahor Kelmaydi.
Yuragim Tosh Emas Azobman Kimga, Meni Sevmagansan Armonman Kimga. Qo'llarim Tegmagan Lablaring Kimga, Kimga Atalgandir Sevganim Kimga.
Baxtli Bo'l Qarorim Seni Qismating, Aytilmagan So'zimning Yakuni O'zing. Yetolmagan Qo'limni Titrog'i So'zing, Menga Kechir Demagin Endi Ozodsan. Kirib Kelgan Bahorning Qaldirg'ochisan...
Meni unut bu oxirgi so'zim, Dardlarimga sherikdir yolg'iz men o'zim !!!
Дата: YAKSHANBA, 2013.04.07, 03:41 | Сообщение # 140
Группа: Удаленные
Olis Osmon Qo'lim Cho'zsam Yetmayman Senga, Olisginam Sog'inch Bilan Qo'msayman Kunda. Sen Ham Balki Sog'inganda Qarab Osmonga, Yulduzlardan So'raysanmi Qayt Deb Yonimga.
Olisginam Sog'inch O'rtar Har Lahza Sensiz, Yashayapman Sabr Bilan Visoling Olis. Orzu Qilib Kechalarda Bo'lsam Yoningda, Yulduzlarga Sirim Aytib Uxlayman Tunda.
Vafodorim Ishonaman Sen Ham Kutyapsan, Pok Sevgini Xor Qilmayin Meni Kutyapsan. Yo'llaringda Qancha Oshiq Zor-Zor Yig'lasa, Parvo Qilmay O'tsang Demak Meni Kutyapsan.
Ishonaman Baxtim Seni Yorug' Yuzingda, Ishonaman Sen Men Uchun Yaralgan Bitta. Sevdim Degan Yolg'onlarga Uchmading Qancha, Chin Muhabbat Yuragingda Meni Kutmoqda...
Дата: YAKSHANBA, 2013.04.07, 20:18 | Сообщение # 141
Группа: Удаленные
Bilasanmi seni eslasam ko'zlarim bitta nuqtaga termulib qoladi,unutilmas lahzalar ko'zlarimdan birma bir shamoldek uchib o'tishni boshlaydi.Seni yo'qotgan kunimdan boshlab hayotga boshqacha ko'z bilan qaraydigan bo'lib qoldim.Nahotki men xech kimga kerak bo'lmasam.Sen ham meni tashlab ketganding,balki men sen uchun bir ermak bo'lgandirman balki men bilan hayoting zerikarli o'tgandir,bilmadim sabab topolmay xozirgacha qiynalaman.O'zimni ayblab seni osmondagi oyga o'xshataman.Sen esa go'zal eding orqangdan yurganlar qancha-ko'z yosh to'kkanlar qancha edi,men ham ularning biri bo'lib qolgandim.Hayotda mehr muhabbat qolmabdi,xamma o'zining foydasiga yashab o'z hayotini o'zi boshqaradigan boshqalar bilan ishi bo'lmaydigan bo'libdi.Men esa o'zgarmayman xali ham o'sha-o'sha sen bilgan yigitman.Taqdirimda nima bo'lsa shuni kutib yashayman,mayli meni hamma tark etsin mayli men bu hayotda oddiy inson bo'lib yashay. Lekin meni unutganlarni meni tashlab ketganlarni qadrimga yetmagan insonlarni men xech qachon unutmayman...Hurmat Bilan Sizning FarishtangiZ !!!
Дата: YAKSHANBA, 2013.04.07, 21:06 | Сообщение # 142
Группа: Удаленные
Monolog...
Salom ... Bugun nimagadir sani ko'rgim keldi,lekin afsuski endi san boshqaga bog'landing...Uyingdan seni yor-yor aytib olib ketishdi...Men ham to'yingga borgandim,uzoqdan seni kelinlik ko'ylagingda ko'rgim keldi...Chunki sani o'sha ko'ylakda o'zimni yonimda ko'rishni orzu qilgandim,taqdir ekan san manga nasib qilmading...Orzuyimga yetdim to'yingni ko'rdim,sani oppoq qushdek oq libosda kelin bo'lib yoringga tazim tashlaganingni endi xech qachon ko'z o'ngimdan o'chirmayman...Baxtli bo'l sanga faqat shuni ayta olishim qoldi,boshqa sani ko'rmayman ertalabdan kechgacha telefoningni band qilib gaplasholmayman...Mani ham sevganim bor edi,yonimda yuradigan doim bitta so'zni takrorlagan "Biz xech qachon bir-birimizdan ayrilmaymiz,toki bizni o'lim ajratguncha"-degan muhabbatimdan bugun ayrildim...Xayr go'zalim baxtli bo'l o'zga uyda mani eslama...Xayr jonim baxtli bo'l o'z baxtimni bugun sanga berdim...Manga yetadi san bilan o'tgan hayotim,mani so'nggi nafasimgacha faqat man bilan yashaydi... Baxtli Bo'l Xayr Jonim...
Davo Yo'qdir Topolmadim Yurak Dardiga, Qiynalarmu Pok Sevgimiz Taqdir Zarbiga. Kelar Ekan Qo'shaloqlab Baxtsizliklar Ham, Kechir Meni Kechirolsang Oh Gul Nigoram.
Umrimizda Xatoliklar Bo'lib Turarkan, Bir Kam Dunyo Kamchiliklar To'lib Borarkan. Ustimizdan Taqdir Azal Kulib Ketarkan, Kechir Meni Kechirolsang Oh Gul Nigorim.
Hayot Sinovlaridan Biz O'tolmadik, Sevgimiz Sharobidan Biz Totilmadik. Qora Botir Bu Hayotda Hali Bor Ekan, Qabrimizga Gullar Qo'yib Shodon Kularkan.
Bizni Eslar Hali Ko'plar Yig'lar Ko'z Yoshlab, Aybimiz Yo'q Biz Birgamiz Endi To Abad. Gunohkorlar Aybingizni Kechirsin Xudo, Sen Ham Meni Gul Nigorim Kechirgin Endi...
Дата: PAYSHANBA, 2013.04.18, 00:52 | Сообщение # 149
Группа: Удаленные
Eh Odamlar Bilmayman Sevgi Nima U, Sog' Salomat Yuragim Azoblarga Soldiku. Qachonlardir Yurgandim Yuzimda Kulgu Bilan, Endichi Bir Ko'ringlar Ko'zimda Yosh G'am Bilan...
Дата: PAYSHANBA, 2013.04.18, 01:03 | Сообщение # 150
Группа: Удаленные
Yaxshi So'zla Chiqadi Ilon Inidan, Ayta Ko'rma Yomon So'z Qizni Ortidan. Bazilari Bo'ladi Xush Fe'l Mehribon, Qolganiga Gapirsang Labin Buradi. Xazilomus...