|
♥ ♥ ♥ ღ★♡♡vatan sheri ♡♡ ღ★♥ ♥ ♥
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:58 | Сообщение # 126 |
|
Группа: Удаленные
| Ҳали бу дунёнинг кенгликларида, Бир текис тарқалиб кетмасдан одам. Аму билан Сирнинг соҳилларида Аждодлар яшаган улуғ, мукаррам.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:58 | Сообщение # 127 |
|
Группа: Удаленные
| Ҳали чексиз, улкан уммонлар оша Янги қитъаларга очилмасдан йўл. Буюк боболарим донишманд яшаб, Узоқ коинотга узатганди қўл.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:58 | Сообщение # 128 |
|
Группа: Удаленные
| Бугун улуғ элнинг эрки, ғурури, Дунёларга қадар номидир баланд. Дилда ватан меҳри, ишқи, сурури, Жондан яқин бўлган юракка пайванд.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:58 | Сообщение # 129 |
|
Группа: Удаленные
| Мен сенинг фарзандинг, эй Она-ватан, Нури дийдам ўзинг, қароғим ўзинг. Озод шамолларда ҳилпираган шаън, Юракка тикилган байроғим ўзинг!
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:59 | Сообщение # 130 |
|
Группа: Удаленные
| Seni desam yuragimda ochilar gullar, Yomg‘ir bo‘lib samolardan sochilar gullar, Sahrolardan, daryolardan sochilar gullar, Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:59 | Сообщение # 131 |
|
Группа: Удаленные
| Isming aytib uyg‘onadi chuchuk jilg‘alar, Sunbulalar tonglaringdan taqar sirg‘alar, Kiprigimda yog‘dularing solar jilvalar, Tilagimning gulisan sen, gullagan Vatan!
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:59 | Сообщение # 132 |
|
Группа: Удаленные
| Xushbo‘y-xushbo‘y olmalarda jannat havosi, Tog‘laringning bag‘rida ming dardning davosi, Shudir, axir, bir insonning umr safosi, Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 04:59 | Сообщение # 133 |
|
Группа: Удаленные
| Hovuch-hovuch, zilol-zilol suvingdan ichdim, Mehring qanot bo‘ldi, moviy ko‘klarda uchdim, Yana qaytib senga keldim, tuprog‘ing quchdim, Tilagimning gulisan sen, gullagan Vatan!
... Yuragimning gulisan sen, gullagan Vatan!
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:00 | Сообщение # 134 |
|
Группа: Удаленные
| Yuzing yorug' zafar quchding shonlar bilan Faxrlansang arziydi bu onlar bilan Qutlagayman seni yorug' tonglar bilan Bu yog'i to'y, xayit, bayram endi xalqim
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:00 | Сообщение # 135 |
|
Группа: Удаленные
| Vatan, sen men uchun aziz bir dargoh, Bag’ringdan yiroqda bo’laman goh-goh. Ammo tuprog’ingni surtib ko’zimga Joylayman seni men vatan bag’rimga.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:00 | Сообщение # 136 |
|
Группа: Удаленные
| Mustaqillik asrayman seni Bor kuylarim bayotim bilan Mustaqillik asrayman seni Kerak bo'lsa xayotim bilan
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:00 | Сообщение # 137 |
|
Группа: Удаленные
| Ko'xna tolbeshikdan boshlangan olam Senga iddaolar qilmay sevaman Bir kuni singlim deb, bir kuni onam Vatan, kimligingni bilmay sevaman
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:00 | Сообщение # 138 |
|
Группа: Удаленные
| Sen menga azizsan ona sutidek Go'daklik yig'imga guvoh bo'lganim Ilk bor qadamimni qutlab, quvonib Sevgim sirlaridan ogox bo'lganim vatan
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:01 | Сообщение # 139 |
|
Группа: Удаленные
| Ilk bor aytgan so'zim dunyoga kelib Yo'llariga kuzatgan O'zbekistonim Quyoshdek nur sochib, jilmayib, kulib Qo'llarin uzatgan O'zbekistonim
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:01 | Сообщение # 140 |
|
Группа: Удаленные
| Mening ilk salomim, alik olganim Ilk bor qadamimni qutlagan makon Sevgi izxorimdan, entikkan yurak Mening muqaddasim ey O'zbekiston
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:01 | Сообщение # 141 |
|
Группа: Удаленные
| Mangu zafarlarga otlangan yurtim O'zbekka Hudodan hatlangan yurtim Belin belbog' quchgan, bobodexqonim Shonli zafar quchgan O'zbekistonim
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:01 | Сообщение # 142 |
|
Группа: Удаленные
| O'zbekiston yaxshi ko'raman Xam cho'ling, xam chamanzorlaring Oq bulutdek paxtazorlaring Shovullagan bug'doyzorlaring Seni yaxshi ko'raman vatan...
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:01 | Сообщение # 143 |
|
Группа: Удаленные
| Aytadilar duo bilan el ko'karar Tuproq duo qilsagina gul ko'karar Tuprog'ingga qo'ysa xatto qo'l ko'karar Shukr, bugun baxt quyoshing kuldi xalqim
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:02 | Сообщение # 144 |
|
Группа: Удаленные
| Mustaqillik yurtimga Ohir quchogin ochdi Bir yarim asir bizlar Qaro kunda yashadik Bo`lib olgach mustaqil Dadil qadam tashladik Yurtboshimiz KARIMOV O`z halqiga mehribon Gullab yashnab bormoqda Jonajon O`ZBEKKISTON KARIMOVNI davrida Boshladik biz o`qishni Farzadlari soglom yurt Qotiradi ko`p ishni
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:02 | Сообщение # 145 |
|
Группа: Удаленные
| Olloh bitta, ota bitta, ona bittadir. Ko'ksimda yak dona yurak bittadir, Shu yurak ichida Vatan bittadir, Bizni ardoqlagan diyor bittadir. Yurtim, Tinchliging abadiy bo'lsin!
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:02 | Сообщение # 146 |
|
Группа: Удаленные
| Yuragimga ishq solmadi hilqatlaring, Aqli hushim lol qilmadi hislatlaring, Allohimdek yor bo'lmadi Xazratlaring, Ey Hindiston, men sog'indim O'zbegimni. Tog'laring bor, bas kelolmas tog'larimga, Bog'laring bor, o'hshamaydi bo'glarimga, Bulbullaring alishmasman zog'larimga, Ey Hindiston, Men sog'indim o'zligimni. Oshkoriga yetolmaydi pinhon siring, Bir kuniga arzimaydi minglab asring, Kulbasiday bo'lolmaydi Oltin qasring, O'zbegimning. Men sog'indim tuprog'ini. Toj mahalga alishmasman sevgan yorim, Har faslingdan topolmasman bir Bahorim, Bor hulqingdan ustun turar bitta orim, Ey Hindiston, men sog'indim sog'inchlarim.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:02 | Сообщение # 147 |
|
Группа: Удаленные
| Assalomu alaykum! Ey moviy osmon, Sen mening muqaddas beshigim Vatan. Meni porloq kunlar chorlagan zamon, Dunyoga ochilgan eshigim — Vatan. Sen menga azizsan ona sutidek, Go‘daklik yig‘imga guvoh bo‘lganim. Ilk bor qadamimni qutlab, quvonib, Sevgim sirlaridan ogoh bo‘lganim. Yurt kezib sog‘insam tuproq gardini, Sog‘inchimdan ko‘zi yoshlangan Vatan. Mening yuragimga tutashib yo‘li, Mening ostonamdan boshlangan Vatan. Ilk bor aytgan so‘zim dunyoga kelib, Yo‘llarga kuzatgan O‘zbekistonim. Quyoshdek nur sochib, jilmayib, kulib, Qo‘llarin uzatgan O‘zbekistonim. Onamsan, otamsan, neki ulug‘ bor, Sening noming bilan aytilar Vatan... Bu dunyoga kelib Senga kelinar Va bir kuni Senga qaytilar Vatan. Mening ilk salomim alik olganim, Ilk bor qadamimni qutlagan makon. Sevgi izhorimdan entikkan yurak, Mening muqaddasim, ey O‘zbekiston
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:02 | Сообщение # 148 |
|
Группа: Удаленные
| Mustaqillik yurtimga Ohir quchogin ochdi Bir yarim asir bizlar Qaro kunda yashadik Bo`lib olgach mustaqil Dadil qadam tashladik Yurtboshimiz KARIMOV O`z halqiga mehribon Gullab yashnab bormoqda Jonajon O`ZBEKKISTON KARIMOVNI davrida Boshladik biz o`qishni Farzadlari soglom yurt Qotiradi ko`p ishni !
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:03 | Сообщение # 149 |
|
Группа: Удаленные
| Ey Vatan sen ila hayotim borim, sen mening iymonim nomusim orin. Nega azizlarim yotkan mozorim va erka dilbandlar ezgin kezga bor. Tarifing be qiyos ojizdir kalom sen menga qo'shiqsan qalbimga yurg'om. Dedilar kecharsan ondan yo jondan dedim ayirmasin UZBEKISTONDAN....!!!
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:03 | Сообщение # 150 |
|
Группа: Удаленные
| Титратиб қалбдаги эзгу, иймонни Арзир фидо қилмак тан ила жонни Тунлари боламга билдирмай ҳатто Соғиниб яшайман Ўзбекистонни!
|
| |
|
|