Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:28 | Сообщение # 251
Группа: Удаленные
Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi, Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi. Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi. Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:29 | Сообщение # 252
Группа: Удаленные
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga. Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:29 | Сообщение # 253
Группа: Удаленные
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, Kunimizga yaragansan o`zing bizni. Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:29 | Сообщение # 257
Группа: Удаленные
Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O`glim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo`ynimdagi iftixorim, Bo`ynimdagi tumorim, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, VATANIM !
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:30 | Сообщение # 259
Группа: Удаленные
Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zim xoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, Vatanim…
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:30 | Сообщение # 261
Группа: Удаленные
O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam, Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik. Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham, Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik. Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston, Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi. Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon, Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:30 | Сообщение # 262
Группа: Удаленные
Qo‘lingda erk, boshda yalov, tilingda surud, Vataning bor, bola-bog‘chang, or-nomusing bor. O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud, O’z Davlating, Mamlakating, o‘z Qomusing bor.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:31 | Сообщение # 267
Группа: Удаленные
Vatan deb men bayon qildim, ayo do‘stlar, muxammasni, Vatanni kim ulug‘ bildi, aziz bildim men ul kasni. Vatan deb jo‘sh urar ersa ko‘targum boshima xasni, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:32 | Сообщение # 273
Группа: Удаленные
Bir kuni yovqur shoir Ya’ni Turdi Farg‘oniy, Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa Birlash deb qildi xitob. Bejavob qolaberdi Uning dardli so‘rog‘i, O’sha-o‘sha zamin kar, O’sha-o‘sha gung oftob.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:32 | Сообщение # 274
Группа: Удаленные
Bugun zimdan nazar sol Sen mana bu bayroqqa, Mayliga bir daqiqa Unutgin turfa kekni. Shu bayroq nomimizni Eltdi yiroq-yiroqqa, Shu bayroq birlashtirdi Parokanda o‘zbekni.
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.08, 05:33 | Сообщение # 275
Группа: Удаленные
Barchaga ayon erur Men aytgan ushbu gaplar, To hanuz asablarni Ezg‘ilar bu shum o‘tmish. Moziyga o‘qtin-o‘qtin Sochsak hamki g‘azablar, Lekin ayting, o‘zbekning Qo‘lidan kim ham tutmish?