Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 01:15 | Сообщение # 77
Группа: Удаленные
Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher Temur tig'i yetmagan joyni Qalam b-n oldi Alisher Faqat ojiz qalamim manim O'zbekiston vatanim manim
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 01:16 | Сообщение # 79
Группа: Удаленные
Sochlaring ham qaro emasdi Men ulardan muxabbat kutdim O'wa rangsiz sochlaring xaqqi Men dunyoning rangin unutdim Unutdimu lek uzoq kutdim Bildim iwqqa qismatim qaro Men umrimni yo'qotib qo'ydim O'wa rangsiz sochlaring aro Yuragimni yo'laklarini Kezib chiqdim qadam va qadam Yuragingda olib qol meni Ey umrga sig'magan odam Sariq edi sening sochlaring Xazonlarday sariq edi u Baxorlarda topgandim seni Menga kuzlar olib keldingmu Men wu rangga owiqman azal Derlar sariq vidoning ramzi Oltin sochli malikam aytgin Endi xecham uchrawmaymizmi Uchrawmasak ham ewit Dilning jim nolasini Qoldirib ket sen menga faqat Sochlaringni bir tolasini
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 01:17 | Сообщение # 87
Группа: Удаленные
Manzillar olis,olis osmonlar Qorong'u tun bag'rida yashirin yulduzlar Tinmay tomchilar samo yoshlari Shu yomg'irga jo'r bo'lar qalb faryodlari Qo'ling silkitib ketding egib bosh Aldangan sevging deb to'kib sen ko'z yosh Sevging yakson bo'lib toptalgan mahal Qo'ling silkab yana beryapsan bardosh Ayt,umringni oldingmi qarzga Yo toptalish uchunmi yaraldi sevging Ayt,sevgingni sotgan birovga Yana qancha bardosh bersin yuraging? To'rt devoring yopiq,ko'rinmas quyosh Bu damda topilmay ketti bir sirdosh Xasrat-alaming-u,ko'zyoshing qoldi Sevging qudrati jim yakson bo'ldi Birovlar kuldilar,qo'shilding sen ham Masxara qildilar,indamading ham Sevging faryod solib qon yig'laganda O'zgalarga qo'shilib jim turding sen ham Mana endi nega kech bo'lganida Tangriga tavba qilib nola qilyapsan U go'zal tuyg'uni ravo ko'rganda Zor yig'latib,lek nega yana kutyapsan? Izla agar topa olsang armonlaringdan Yeta olsang agar samolaringdan Izla agar sabab bo'lsa voz kechganingga Topolmasang izlab ko'rgin gunohlaringdan Balki emassan gunohkor-aybdor Ammo sening aybing qildi uni xor Balki sham yoqqandi shu bir gunohkor Lek shu gunohkor deb,sensan aybdor Yetganlar bor,yetmaganlar ko'p Har kimgamas berilgan imkon Sen qodir eding sevishga ammo Xiyonating tufayli afsus u sarson
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 12:47 | Сообщение # 91
Группа: Удаленные
Azizim, bag’rimni tig’laydi sog’inch, Men kimga to’kilay limmo-lim to’lsam.? Jonimda charx urar ushalmas ilinj, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.? Hovuchim hapqirar quvonch yosh to’ksa, Ne qilay, qarshimda anduh tiz cho’ksa.? Alam qilar ekan do’stdan o’q tegsa, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.? Bo’yladim, bo’yladim, dorga yetmadim, Qatorda kerilgan norga yetmadim. O’z ko’nglimdan bo’lak zorga yetmadim, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.? Toshlarni chiritib bo’lmas ekan- ku, Oy dog’in aritib bo’lmas ekan- ku, Quyoshni qaritib bo’lmas ekan- ku, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.? Omonat dunyoga g’animat mehmon, Men chindan so’rasam egilgay osmon, Oy o’tar, yil o’tar, ey, do’sti nodon, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.?
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.01, 13:26 | Сообщение # 93
Группа: Удаленные
O`zin ko`z – ko`z qildi bahor ziynati, Gullar atrin sochdi, sochilmaysizmi? Sizni ko`rmoq istab, ko`zim izladi, Ayting meni sira sog`inmaysizmi? Nahot, mumkin meni shuncha ko`p ayblash, Shuncha ko`p ayblashdan og`rinmaysizmi? Yo`llarni berkitgan g`azabmi, araz, Ayting meni sira sog`inmaysizmi? Bir – birin pinjiga kirmoqda qushlar, Erkangiz edim – ku xotirlaysizmi? Men haqda ko`rib ham bir shirin tushlar, Ayting meni sira sog`inmaysizmi? Aybsizligim, balki bilarsiz, kelib, Endi kechirmoqqa botinmaysizmi? Gina joningizga ketmasmi tegib, Ayting meni sira sog`inmaysizmi? Bahor kelganida yurib teskari, Qishning quchog`iga otilgaymizmi? Sevgim ortayotir sog`inganim sari, Ayting meni sira sog`inmaysizmi????
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.04.06, 09:18 | Сообщение # 97
Группа: Удаленные
Qanchalik yaqin eding hozirda yiroq Utmishga gohida bir bir solaman razm Ne bulsa bulsinkim unutma biroq Baribir sendayin bulolmas hech kim Qadamlab sekinlab odimlab ketar Kelmaydi oldinga itilib yurmoq Gohida bu yurak urmoqdan bezar Ishon juda zarur chexrangni kurmoq Hayot guzal derdim endichi aslo Aslo bu hayotni totmoq zarurmas Unutmoq ogir dil quymaydi aslo Men magrur lekin sevgim magrurmas
JONIM SENI BAHTGA TO'LIB SEVGANDIM GOHI YIG'LAB GOHI KULIB SEVGANDIM BORIMNIMI JONIMNIMNI, HATTOKI HAYOTIMNI SENGA BERIB SEVGANDIM AFSUS USHA DAMLAR XAYOL BO'LDIKU JAVOB YO'Q DILDA SAVOL BO'LDIKU, VUJUDIMDA YASHYOTGAN MUHABBAT SHO'RLIK QALBIM ICHRA UVOL BO'LDIKU SHUMI BAHTIM MEN SHO'RLIKNI BILOLMADIM ICH ICHIMDAN YIG'LAB KULOLMAYMAN NA TIRIKMAN NA O'LIB HAM O'LOLMAYMAN MENI BALKI SEVAR KIMDIR MEN ENDI SEVOLMAYMAN SEVDIM DEGAN SO'ZLARING QOLIB KETTI VAFOSIZ CHERTILMAY QALB TORLARIM NOLIB KETTI NAVOSIZ JAHANNAMMI BU DUNYO YO G'URBAT BU HAYOTTA TOMCHI SUVGA TASHNA KENG SAHRODAMAN HAVOSIZ, SENGA AYON EDI, QALBIM DARDLARI, SENGA BAYON EDI SEVGIM XATLARI OHIM YETAR HATTO OSMONI FALAKKA SENGA YETMAS MING FARYODU DARDLARIM SEVGIM BO'LDI BU DUNYODA KAMLARIM MUHABBATIM BOR QISMATIM ALAMIM.