Osmonga sochilgan yulduzlar kabi, Muxabbatim senga cheksizdir jonim. Vaslingga erishmoq sen bilan bo''''lmoq, Yagona orzuyim, tanho armonim. Quyoshdan tushadigan har bitta zarra, Sochlaring tolasin eslatar menga. Tongda esadigan hushbo''''y shabboda, Sevgim nolasini yetkazsin senga. Yomg'ir yog'ib turgan ajoyib kunda, Tinchlik hukmronlik qilgan bir tunda. Seni ko'rgim kelar qumsaydi ko'ngil, Ismingni takrorlar ham ko'ngil, ham til..
Bahor kelib-ketdi shodlik baxsh etmay, Kuz ham kelib-ketdi dilni g''ash etmay. Hisni asradim hech kimga aytmay, SENGA SEVISHIMNI AYTAMAN BIR KUN! Vaqtga hukm o''tmas, kutmoqdamanku Senga yuragimni tutmoqdamanku Ko''zimga qarasang titrayapmanku SENGA SEVISHIMNI AYTAMAN BIR KUN! Sendan ozroq mehr kutishim mumkin Zahar bergin boldek yutishim mumkin Sevasanmi yo''qmi bilmayman LEKIN SENGA SEVISHIMNI AYTAMAN BIR KUN!
Sevgi nima? degan savolga Har kim javob berar o''zicha Ba''zilarga u o''yinchoq tuyg''u Ayrimlar der "Sevgi bu-og''u". Xayotida sevgila yashab Sevgi bilan o''lganlar qancha Ana shular sevgi qadriga Yetgandirla oxirigacha. Menimcha sevgi juda Oliy, buyuk tuyg''udir Sevib qolgan odamlar Juda baxtli insondir. Sevib yashash xayotda Eng oliy baxt dunyoda Sizlar xam bu tuyg''uni Xurmat qiling xayotda.
Bu dunyoda armon bor- Ayriliqning garovi. Va dunyoda sevgining juda qattiq sinovi. Bu dunyoda hijron bor- Olovidan kuyar yoz. Bu dunyodagi ishqning, Bag''rida kuyar ayoz, Bu dunyoda armon bor, Bu dunyoda hijron bor. Budunyoda yagona, Sizni sevgan inson bor.....
Sen bugun shodansan labingda kulgu, Yashira olmaysan qalbing quvonchin, Etaklab borarding 1 nozli hurni, O'zingni mard bilib oshig'ing olchi, Ko'zlarim ilojsiz tikilar erga, Bujudimdan qancha alam yog'masin, Qizg'anib tursamda u qizdan seni, Derdim, ko'zlaringdan hech yosh tommasin...
Oy ham menga sen haqda so'ylar, Hayolim ham bir seni o'ylar, Nasib qilsa qilamiz toylar, Faqat sizni sevaman degin, To'y qilamiz yuzlarda kulgi, Qalbimizda bir shirin tuyg'u, Yoring bo'lay yoningda mangu, Faqat sizni sevaman degin, Mayliga jonim olsinlar keyin, Qulog'imga bo'lsa ham sekin, Faqat, Sizni Sevaman degin!!!
Qo'rqar edim sevib qolishdan Kechalari yo'qolgan orom, So'roqlayman seni bolishdan. Nigohlaring aylaganda rom, Qo'rqar edim sevib qolishdan. So'zlashardim sen bilan to'lib, Charchamasdim hech ham kulishdan. Ba'zan faqat xayolga tolib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Kundan kunga borarding yoqib, Baxtli edim birga yurishdan. Vujudimda bir nido oqib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Bugun o'ta totli boqishlar, Qarshisida turolmadim jim. Qo'rqar edim sevib qolishdan. Lekin sevib ulgurgan edim.
Sen tabassum qilganda jonim ,olam yog'dularga to'lib ketadi. Sen tabassum qilganda jonim , orzu og'ushiga olib ketadi. Sen tabassum qilganda jonim , bahorlarim keladi qaytib. Sen tabassum qilganda jonim , hijron ketar alvido aytib.
M inut sayin soatga qarab U chrashuvni kutaman faqat X amon seni ko'rganda jonim A ytolmayman yurak so'zimni B orib aytay deymanu faqat B orolmayman sening yoningga A ytay endi yurak so'zimni T o o'lguncha sevaman seni.
Bahorlar shamolin asraydi, Bulutlar hilolin asraydi, Buloqlar zilolin asraydi, O'zingni men uchun asragin Jonim. Tiriklik eng buyuk inoyat, Sevgisiz yashamoq jinoyat, Azizim bu dunyo omonat, O'zingni men uchun asragin Jonim.
Yodingdami ikkimizkezgan xiyobon, Sevgimizga ulkan daraxtlar guvoh. Bizga havas qilib yulduzli osmon, Har tun makonidan berardi panoh. Endi muhabbatning ko'zlarida yosh, Visolga etmagan kunni qarg'aydi. Nene azoblarga dosh bergan bardosh, Endi ayriliqqa dosh berolmaydi. Ayriliq oh bu qadar azob, Uning taftlaridan muzlaydi yurak. Sensiz yasholmadim yasholmam ortiq, Sensiz yashash o'zi kimga ham kerak
Eng og’ir musibat – kimnidir yo’qotish, Eng yengil o’lim – ko’zlariga termulib jon berish, Eng yaxshi taskin – shirin xotiralar, Eng ko’tara olmaydiganing – ayriliq, Eng yaxshi sovg’a – u tomondan solingan nazar, Unutolmaydiganing – yakkayu yagonang,
Yurak bag'rim ezib ketgan so'zlar bu, Imkon bo'lib bosilmagan izlar bu. Kechir meni ozor berdim ko'nglinga, Sevgi nigohila boqqan so'zlar bu, Yuragimdan oqqan qonli yoshlar bu, Men tomonga uchirilgan toshlar bu
Yashirin muhabbat... Seni uchratdim, inson qalbi muhabbat bilan qanchalik go’zal bo’lishini ilk bor his qildim. Hayolimda jismi-joningni qalamsiz chizganimcha, bir yarim yildan buyon sen bag’ritoshni kutaman. Sog’inchdan vujudim otash bo’lib yonmoqda: yonimda sen yo’qsan… Seni zolim deb atagan bo’lardim, ahir, mening murg’ak qalbimni yaraladingku. Yuragim notinch daryo to’lqinlaridek bezovta. Mayli, har qanday sinov va sitamlar boshimga yog’ilsa ham, sening yuragingdan o’zga yigitni muhabbati joy olgan bo’lsa ham, hafa emasman. Men uchun muhimi – sevib qolganim. Sevgimni topib, bahtimni topolmaganimdan hafa emasman. Sen bir umrga mening qalbimdagi yashirin muhabbat bo’lib qolasan. Men seni intizor kutib yashayman, Sog’inchim yurakka yutib yashayman. Hijron kabutarin yaralariga Orzulardan malham kutiib yashayman. Ha seni bir umir kutib – kutib yashayman Azizam…!
Inson dunyoga bir marta keladi. Mana shu bir martalik umrida uzi hoxlagan,uzi sevgan insoni bilan baxtli bo'lishga naxotki har kimniyam xaddi sig'maydi. Naxotki uz xayotimizni uzimiz xoxlaganday yaratishga xaqqimiz yo'q. Nega boshqalarni deb uz xayotimizni uzgacha o'tkazishga majburmiz. Ayniqsa qizla.Shu qatorda men xam.Men xam bir insonni qattiq sevaman. Lekin bu sevgim xech kimga maqul emas. Guyo u meni tengim emasmish. xullas bizni birga bo'lishimizga xamma,xamma qarshi. Bu dunyoda past balan degan tuyg'ularni odamzodni uzi yaratdiku? Ertaga nima bo'ladi xech kim taqdirini bilmaydi. Bugun bor odam ertaga yo'q. Bor umrimizni o'zimiz xohlagan inson bilan o'tkazsak balki bu dunyo bunchalik yomon kurinmasmidi kuzimizga. Balki aytarsiz sevgidan boshqa narsalar ham bor deb,boshqa narsalar nima BOYLIK,MOL-DUNYO,MANSAB,KELAJAK inson tanasida kuchi,aqli bor ekan bu narsalani topish juda ham oson. Qachonki yonida unga KUCH-MADAD berib turuvchi insoni bo'lsagina. Agar xayotiga mano beruvchi insoni bulmasa buncha narsala nega kerak. Uydagilarimni deb u bilan birga bo'lolmasam,uni deb butun xayotim davomida toq o'taman.