|
SOG'INCH
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:05 | Сообщение # 351 |
|
Группа: Удаленные
| Dil g'amgamas, g'ashga to'ldiku Esar kuzgi sarin shaboda Qiynalaman, yozgim keldiku Ammo, hislar sovuqsiz nega?
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:06 | Сообщение # 352 |
|
Группа: Удаленные
| Chorasizman, taskin ham yo'q bir, Tuyg'ulardek o'ylar ham sovuq Yig'lamoqchi bo'lganda ohir, Ko'zlarim ham uydek qup-quruq...
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:06 | Сообщение # 353 |
|
Группа: Удаленные
| Kimdir qayerdadir, Nigohingga zor, So’zlashish ilinjda, Izlar bahona. Kimdir qayerdadir, Bo’lib intizor, O’zni qo’ygani ham, Topmaydi xona.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:06 | Сообщение # 354 |
|
Группа: Удаленные
| Kimdir qayerdadir, G’amlaring olib, Bir olam quvonchni Bermoq istaydi. Niyatlaring qanday, Orzular qanday Barini erinmay, So’rmoq istaydi.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:06 | Сообщение # 355 |
|
Группа: Удаленные
| Kimdir qayerdadir, Isming qalamda, Yozib qo’ymoqdadir yurak she’riga. Va uning o’zi ham Balki shu damda, Aylanib bormoqda, Qalbing siriga.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:06 | Сообщение # 356 |
|
Группа: Удаленные
| Kimdir qayerdadir, Seni topgandan, Taqdirga beadad Aytmoqda shukr. Dilida ming umid Milyonta havas: Borliging uchun-da, ming bor tashakkur…
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:07 | Сообщение # 357 |
|
Группа: Удаленные
| Ошиқлик кўнгилда, зоҳирда тилсим - Қандайин сирларга қалбинг ўралган? Гунча лаб сўз жуфтлаб очилади ним, Менимча, дилинг ҳам гулдан яралган...
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:07 | Сообщение # 358 |
|
Группа: Удаленные
| Шабнам томчисига интиқиб саҳар, Кутмоқлик ишқида яшайди ғунча. Умид-чи гулзорда тинмайин кезар, Бахти топилгунча - гул очилгунча.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:07 | Сообщение # 359 |
|
Группа: Удаленные
| Ҳар битта гул барги - орзунгми сенинг? Ҳар битта тиконинг - ишванг, нозингми? Муаттар исларинг пиёласиз май - Ё боғда таратган шўх овозингми?
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:08 | Сообщение # 360 |
|
Группа: Удаленные
| Бунча чиройлисан – нафис капалак, Бир зумда инсоннинг ақлин оласан... Фақат битта тилак - фақат бир истак: Музга талпинмагин - музлаб қоласан!
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:08 | Сообщение # 361 |
|
Группа: Удаленные
| Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq, Kuzak - hayolimda mitti tugunchak. Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq, She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:09 | Сообщение # 362 |
|
Группа: Удаленные
| Siz uxlaysiz… Qaydadir bir dil, Tuni bo’yi Sizni o’ylaydi. Xayolida balki U ko’ngil Sirlarini Sizga so’ylaydi…
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:09 | Сообщение # 363 |
|
Группа: Удаленные
| Siz uxlaysiz, Tinch ham osuda, Tushingizda xatto jilmayib. Havasimni keltirar juda… Uyg’otmoqlik– go’yo bir ayb…
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:09 | Сообщение # 364 |
|
Группа: Удаленные
| Siz uxlaysiz, Ma’sum, beg’ubor, Osmonlarni, Kezib ro’yoda Ayni damda, Qaydadir bedor, Kimdir o’ylar Sizni dunyoda…
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:09 | Сообщение # 365 |
|
Группа: Удаленные
| Siz uxlaysiz… Sezayapsizmi? Oy ham so’nib, Quyosh qaytmoqda… O’sha kimdir, Sizni topgan-chun, Yaratganga shukr aytmoqda…
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:11 | Сообщение # 366 |
|
Группа: Удаленные
| Sokinlik dilimga o’rnashib olgan… Jim xayol suraman tunda uyg’onib. Yostiqqa botgan bosh o’ylashdan tolgan, Mehr sharobidan ichmadim qonib.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:11 | Сообщение # 367 |
|
Группа: Удаленные
| Borgani ko’nglimdan o’zga makon yo’q, O’zimga so’ylayman dardlarimni jim. Tanamdan chiqishga sira imkon yo’q Qushday chirqillaydi mahbus yurgaim.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:12 | Сообщение # 368 |
|
Группа: Удаленные
| Ko’zga ilingandek bo’ladi uyqu, Seskanib kelaman yana xushimga. Bir zum kipriklarim birlashsa tuyqus, Kimsasiz sahrolar kirar tushimga.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:12 | Сообщение # 369 |
|
Группа: Удаленные
| Cho’chib uyg’onaman… Bedorlik yana Boshlaydi ming xil o’y so’qmoqlariga. Bariga qo’l siltab, dildan o’rtana So’ng tushib ketaman g’aflat qa’riga
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:12 | Сообщение # 370 |
|
Группа: Удаленные
| Tong yaqin, Bong yaqin, Oppoq on yaqin, Jimlik dunyosini men tark etaman O’rgmchak misoli o’rangan to’rdan, Istaru istamay chiqib ketaman…
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:12 | Сообщение # 371 |
|
Группа: Удаленные
| Seni o’ylab tugaydi tunim, Kunim siymong ila o’tadi. Bilmam qachon bo’ladi tinim, Yana qancha tonglar otadi. Oshiqadi seni ko’rmoqqa, Bedorlikdan qizargan ko’zlar. Ahvolingni dildan so’rmoqqa, Qalbim yana bahona izlar… Intiqdirman, ham holim g’arib, Dardlarimni satrga soldim… She’rlarimdan seni axtarib, Xayolimdan so’ng topib oldim. Jim turibmiz… Ancha kutgandim, Jimligingni tinglamoqlikni Shu ongacha ichga yutgandim, O’ylarimni o’nglamoqlikni… Mayli… shunday turaver so’zsiz, Mayli kalom dema iymanib Umidimdan ayirib qo’yma, Xayolimdan ketmay uyg’onib…
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:12 | Сообщение # 372 |
|
Группа: Удаленные
| Gulim, Sizni Yaratgan zebo qilib yaratgan, Ham odobga andoza – a’lo qilib yaratgan. Duolarni ijobat, niyatni ro’yob aylab, Mazmunga zor hayotga ma’no qilib yaratgan.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:12 | Сообщение # 373 |
|
Группа: Удаленные
| Yulduzlar –sirdoshingiz, oy-chi, kichik singlingiz, Qalbim uchun mehrga kon bo’lib ulgurdingiz. Tong kabi oq, musaffo, shabnammisol ko’nglingiz, Men uchun bir o‘zgacha dunyo qilib yaratgan…
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:13 | Сообщение # 374 |
|
Группа: Удаленные
| Xijronlarni zabt etib, visolni boshlasin, deb, Faqat xursandchilikdan kiprikni yoshlasin, deb Bir butunning qadrini xis etib yashasin, deb, Shu paytgacha ikkimiz atay bo’lib yaratgan.
|
| |
|
|
| ZaLaTaYa_DeVcHoNkA | Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 18:13 | Сообщение # 375 |
|
Группа: Удаленные
| Men tomon qo’ysangiz poy, Siz tomonga yugurgan, Charchasayam umid-la, Sizni eslab kun ko’rgan Chap tarafda intiqib, zo’rg’a duk urib turgan Yuragim ust qovurg’a qismin yulib yaratgan.
|
| |
|
|