Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 10:04 | Сообщение # 176
Группа: Удаленные
Suratlar qirqildi ikki bo`lakka, Sen u taraf qolding, men bu yon qarab. Oh, yolg`on ekan-ku, singmay yurakka- Ishq u tomon qoldi, ishonch bu taraf! Erkalash ohangi g`azabga do`ndi. Shirin o`ylar esa tig`li xayolga. Notavon peshoba yozmishga ko`ndi, Kelajak aylandi mavhum savolga. Men ketdim, sen qolding, oraliq-cheksiz, Bu hudud eng tiyra tundan-da qaro. Bir vaqtlar ko`ksimni to`ldirgan ul his Bu kun bitmas armon, dog` ko`chmas aro!
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 10:04 | Сообщение # 177
Группа: Удаленные
Sevaman deb yorginam Men aytolmadim Ko'zlaringni izladim lol Lek topolmadim Yonginamga kelganingda ko'zinga boqib Sevaman deya botinib Men aytolmadim Ketganingda armol qildim Chin yurakdan,pok qalbimdan Men sevganimni Kelsang agar yana bir bor Jonim yonimga Ishontira olar edim Meni chin sevgimga
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 10:05 | Сообщение # 178
Группа: Удаленные
Sevib sevilmay yashadim Ko`zimga tor bo`ldi bu keng olam ham, Dardim aytsam hatto yorildi tosh ham, Men yig`lagan tunda yig`ladi oy ham, Sevib sevilmayin yashadim netay? amrohim yor emas, yolg`izlik bo`ldi, Dardimni do`stimmas tun tinglar edi. Boshimni sen emas, g`am silar edi, Sevib sevilmayin yashadim netay? Qalbim guli ochilmay bo`ldilar xazon, Yuragim sevgimni qumsaydi har on. Chin dildan sevgandim so`zimga ishon, Sevib sevilmayin yashadim netay
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 10:05 | Сообщение # 179
Группа: Удаленные
Duch kelgan asalga asalim dema, Jilmaysa gulim deb mehrinni tutma. Ishq dardi davosi pulda unutma, Quruq sevgiga qorin to'ymaydi. Chin oshiq shunchaki sevib qolmaydi.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 10:05 | Сообщение # 180
Группа: Удаленные
Muhabbat" degan shaharda "Sevgi" degan ko'cha bor "Sevgi" degan ko'chada "Vafo" degan eshik bor "Vafo" degan eshikda "Yurak" degan jism bor "Yurak" degan jismda "........" degan ism bor
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 10:07 | Сообщение # 183
Группа: Удаленные
Sevaman deb yorginam Men aytolmadim Ko'zlaringni izladim lol Lek topolmadim Yonginamga kelganingda ko'zinga boqib Sevaman deya botinib Men aytolmadim Ketganingda armol qildim Chin yurakdan,pok qalbimdan Men sevganimni Kelsang agar yana bir bor Jonim yonimga Ishontira olar edim Meni chin sevgimga
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 12:12 | Сообщение # 184
Группа: Удаленные
MENING SEVGILIM
Bir kun Xudo olsa omonat jonim To'xtasa tomirimda oqar u qonim, Ruxim chiqib ketsa qolsa oq tanim Sog'inib yig'lagin mening Sevgilim !!!!
Bir kun abadiy yumilsa ko'zim Bo'g'zimdan chiqmasa oxirgi so'zim Kafanga o'ralsa bu guzal yuzim Achinib yig'lagin mening, Sevgilim!!!
Boshqa ko'rolmasman moviy osmonni Tark etgayman erta yorug'-jaxonni Azroil kelsa-yu olsa jonimni. Sen faryod kutarib yig'lama sevgilim.
O'lsam,keyin libosin kiyilmay turib, Onam dod solsalar boshlarin urib, Gullarga burkalgan suratim ko'rib, Sog'inib yig'lagin mening sevgilim!!!
Meni olib ketsalar tobutimni bezatib So'nggi yo'lga qo'ysalar men sho'rlikni kuzatib, Onajonim qolsalar qo'llarini uzatib, Dod solib yig'lagin mening sevgilim
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 12:19 | Сообщение # 185
Группа: Удаленные
Qayg’uni qilib obod, Undan yonib yashayman. Sobiq sevgim umrbod, Seni sevib yashayman. Mana bugun sen bilan, Xufyona uchrasharmiz. Baxtli yoshlikni eslab, Bir to’yib dardlasharmiz. Sen bilan uchrashishni, Qalbim aldamayapti. O’sha vaqtni kutishga, Sabrim chidamayapti. Soat o’n bir bo’lyapti, Men tez yo’lga shaylanay, Uchrashuvga ertaroq, Borib yo’lingni poylay. Yoshlikda aytgan edim, Meni unutgin deya. Bu dunyoda bo’lmasa, U yoqda kutgin deya. Ishq-muhabbat tufayli, Mana ko’rishib oldik. U dunyoga yetmasdan, Uchrashishga ulgurdik. Sen meni ko’rganingda, Meni quchib yig’laysan. Yo yig’lashga keldingmi? Nega darding aytmaysan? So’ng ko’zimga termulib, O’zingni qo’lga olib, "Nega shu yoshga kirib, Uylanmadingiz?” – deysan. O’yga tolib qolarsan, "Baxtsizman” deysan keyin. Gar sen baxtsizman desang, Unda men nima deyin? Sening baxting yoningda, Menku, men axir yolg’iz. Agarda men uylansam, Osha qiz bo’lar baxtsiz. Qalbim yonib bo’lgan cho’g’ Buni aniq bilaman. Yuragimda bo’sh joy yo’q, Chunki seni sevaman
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 12:21 | Сообщение # 187
Группа: Удаленные
Muhabbatning kuychisi mo'l Muhabbatning ramzi - qizil gul Muhabbatning uyasi - yurak Muhabbatning navosi bu - dil Muhabbatning yomoni - rashq bo'lsa Muhabbatning muxri bu - bo'sa Muhabbatning azobi - firoq Muhabbatning bog'i - dil biroq Muhabbatning ta'rifi cheksiz Muhabbatning ko'zi - yigit , qiz Muhabbatning so'zi - sevaman Muhabbatning bir telbasi - man.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 12:23 | Сообщение # 189
Группа: Удаленные
Аё дўстлар, хўп шошилманг осийлар даврасига, Бир кун келиб ҳар бир ишин жавоби бор дунёнинг. Аё дўстлар, елинг тезроқ яхшилар халқасига Ул масканда ҳар бир онга савоби бор дунёнинг. Аё дўстлар, аёлларнинг макри бўлармиш ёмон, Алардин узоқ бўлганнинг қалби бўлармиш омон. Номаҳрамлар ичра бўлган ҳар иш бўлармиш, Авратин ёпиб қўйингки, ҳижоби бор дунёнинг. Аё дўстлар, кибр бирлан риёлик дуруст ишмас, Кибр қилган киши бирла Аллоҳ асло келишмас. Қалб ичинда йиғланмаган дуо ҳаққий нолишмас, Холис бўлмас - қиёматда азоби бор дунёнинг. Аё дўстлар, етимларга саҳий бўлган мўминдир, Унинг қалби иймон ила тўлиқдир, лиммо-лимдир. Бу дунёга келган ҳар бир бош топгани - ўлимдир, Мағрурланманг, йиқилгувси туроби бор дунёнинг. Аё дўстлар, бу тақдирга исён қилманг ҳеч қачон, Ундаги бор ёзув-чизув битилган қай бир замон. Мукофотга лойиқ бўлиб боқинг сўнг манзил томон, Ўн беш кунга ой чиқар, сўнг офтоби бор дунёнинг. Аё дўстлар, бир кун келиб ҳамма топгайдир вафот, Бевафо ёр учун қайғу чекмакдин на бор нажот?! Яхшиси, иймонимизни чорласин боқий ҳаёт, Муддат ўтиб иморатин ҳароби бор дунёнинг.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 12:23 | Сообщение # 190
Группа: Удаленные
Bu dunyoda armon bor Ayriliqning garovi. Va dunyoda sevgining juda qattiq sinovi. Bu dunyoda hijron bor Olovidan kuyar yoz. Bu dunyodagi ishqning, Bag''rida kuyar ayoz, Bu dunyoda armon bor,Bu dunyoda hijron bor. Budunyoda yagona,Sizni sevgan inson bor.....
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 12:25 | Сообщение # 191
Группа: Удаленные
Xayot deganlari qiziq bo`larkan, Tong otib kun botib umr tugarkan, Tong saxarda turib xar bir odam, Qulin ochib duoga niyyat qilarkan, Kidir iltijo qilib baxtin surasa, Yana kim dir nola qilib taxtin surarkan, Men xam shular qatori umidvor banda, Xar tong surashni qilmadim kanda, Ollohim eshitti mening nolamni, Yubordi sizdayan aziz insonni.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.11.09, 15:50 | Сообщение # 193
Группа: Удаленные
Eslagin agarda kechalar yoqsada yomg'ir bu degani mani kuzlarimdagi yowimdir agarda kelganida kuz tukilmasa barglar bu degani man hazoman ustimda dardlar agarda kelganda bahor ochilmasa gullar bu degani man yöqman lek yawar tuyg'ular afsuski u tuyg'ularga egadir özgalar nahotki endi seni erkalar özga qöllar. Qani endi ketganinga bulganda bir aniq sabap kechalari qinalmasdim busilmasdi asab kuzlarim nam bulmasdi uyg'onganda ertalab tuwlarimga kirasan özgalarni erkalab endi sani qaytarish oqayotgan suni ortiga boqiw keri degan endi qancha qilmay harakat hammasi befoyda sevgda yöq qoyda sen mendan ketgansan lek sabapin nimaydi. Ketma deya ulgrmadim senga özga uzatgan gullarni alishdinmi menga kerak mas edi oltilardan dunyo menga. Ne bölsa bölgan lekin u kelmas meni unutgan ul unitgim kelmas ne bölsa bölgan lekin u kelmas. Bugun sani tushimda kördim özga bilan yuzingda tabassum qulingda gullar bilan cheksiz sog'inchlar bilan uyg'onib ketim tush ekandeb hursand bulib ketdim ertasiga usha hol turardin haqandan köl böldi közyoshlarim chidayolmay alamdan usha kular tabassum men unitilgan böldim keldi tushim öngidan uni özga bilan kördim. Bugun tushinib yetdim seni bir umirga yuqotim lek ortingdan yig'lab qoldi qalbimdagi hislarim olohim qilmishiga jim ketumu lek ichimdan dodladim bir suz aytolmadim nam kurmagan közlarimni aylantirdi ku kölga gözal visoli misoli öhshardi oltin törga usha törni xar tolasi yöl bermas unitishga achinib ötgan kunga izlayman sabap unga.Men tun u kun öylab öylab ketganinga yig'lab sabap kutardim suratga qarab deya qaytargin uni yo Rab özim- özimdan sörayman ne dur aybim bilaolmayman sen ketding be sabap mendan. IZLAYMAN sabap unga.Ne bölsa bölgan lekin u kelmas meni unutgan ul unitgim kelmas ne bölsa bölgan lekin u kelmas. Seni taqdir uchratganda menga meni bog'lab olganding uz qalbinga aytgin nega tark etdin sen meni aytgil jon.gin.nam. Ne bölsa bölgan lekin u kelmas meni unutgan ul unitgim kelmas ne bölsa bölgan lekin u kelmas. Ketma deya ulgrmadim senga özga uzatgan gullarni alishdinmi menga kerak mas edi oltilardan dunyo menga.
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy "Qur'on" nozil bo'lgan oy ekan, Ro'za tutgan zot iymonga boy ekan, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro'za bizga yordam qo'lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig'lab uni kuzatmish, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin, Arazlashgan bir-birini kechirsin, Olloh olov kamzullarni yechirsin, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo'lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro'zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak!
Oldindadir xali chin-xazil, oldindadir hali yo'l-manzil. Aytishimni kutganlar xam bor, qaytishimni sog'indi kimlar... G'amlar ko'rsa murgak yelkamda, ota-onam siqiladida. Ba'zilarga o'hshab sotilib, kechmaganman ona Vatandan...
Buxorodan ketib Toshkentga, naf teksin deb ona elimga, Ahad Qayum ijod yo'lida, yaxshi niyat tukkan diliga, O'lishimni kutganlaram bor, tinishimni sog'indi kimlar, So'nishimni sog'indi kimlar, sinishimni sog'indi kimlar...
Navoiyning koshonasidan, Umar Xayyom mayxonasidan, Xofiz elim taronasidan, muhabbatning gulxonasidan, Ijodxona koshonasidan, adabiyot ostonasidan, Ketishimni kutganlaram bor, kelishimni sog'indi kimlar.
Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim, O'zim xoqon, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg'izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, Vatanim
Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o'zing mehri - Ilig'imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko'ringanni da'vo qilgan, Ming bir yog'i ochilmagan Qo'rig'imsan, Vatanim.
Sen Ho'jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig'i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko'rgan cho'pon Cho'lig'imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin - Qurdistonda, Boburing - Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig' deb Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to'qson olti Urug'imsan, Vatanim
O'g'lim desang osmonlarga G'irot bo'lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Navkar bo'lib tushgayman, Padarqushdan pana qilib Ulug'beging quchgayman, G'ichir-g'ichir tishimdagi So'lig'imsan, Vatanim
O'tgan kuning - o'tgan kundir, O'z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo'lin bog'lab, Dilin dog'lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug'imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig'lagan bir Shoiringga qarab qo'y, Gar Qo'qonga yo'ling tushsa, Detdomlarni so'rab qo'y. Hech bo'lmasa Usmon hokin Keltirmoqqa yarab qo'y, Olislarda qurib qolgan Qudug'imsan, Vatanim
Sen - shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O'glim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo'ynimdagi iftixorim, Bo'ynimdagi tumorim, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan, VATANIM!
Yaxshi bo'lib kеtar, yaxshi bo'lib kеtar, Bu dardsiz so'zlardan yurak to'lib kеtar. Gar do'stim ekansan, bugundan so'zla, Yaxshi bo'lguncha to, odam o'lib kеtar.
G'amxo'rlik qilishga o'zga so'z yo'qmi? So'niq ko'zlarimni ko'rar ko'z yo'qmi? Siniq toqatimni tiklay olmasdan, Abgor turganimdan yo ko'ngling to'qmi?
Hol so'rab kеlganda do'stning oldiga, Do'st dеgan tushadi, do'st ahvoliga. Bir nafas o'tirgay, birga xo'rsinib, Qarar ming bir yonib o'chgan holiga.
Hеch qachon so'zlama yolg'on so'zlardan, Bo'lmagin bеgona, yomon do'stlardan. Do'st bo'lsang, o'lmasman, umid shamimni, Ming birinchi bora yoqmay so'nmasman.
Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 07:55 | Сообщение # 200
Группа: Удаленные
Har bir yigit topsin halol yo`lini, Yetsin qayga cho`zsa, erkak qo`lini, Halollikdan topsin kiygan to`nini, Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim, Mardingni nomardga zor qilma Tangrim. Yuragi Vatanning ishqida yonsa, Nomardning so`zidan yuz burib tonsa, Chanqog`i maygamas, suv bilan qonsa, Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim, Mardingni nomardga zor qilma Tangrim. Nonini pok halol mehnatdan topsa, Egniga iymondan oppoq to`n yopsa, Izlagan xikmatin Qur’ondan topsa, Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim, Mardingni nomardga zor qilma Tangrim. Ma’shuqasi bo`lsin jonidan sevgan, Boshga qilich kelsa ham bir uni degan, Majnundek ishq uchun dunyodan kechgan, Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim, Mardingni nomardga zor qilma Tangrim. Nomard yo`llariga tuzoqlar qo`ysa, Bevafo yor uchun alamdan kuysa, Xiyonat ko`ksini pichoqsiz so`ysa, Yigitni dunyoda xor qilma Tangrim, Mardingni nomardga zor qilma Tangrim..!